TsSKA yarim himoyachisi Abbosbek Fayzullaev kecha Turkiya poytaxti Istanbulga etib bordi. O'zbekistonlik futbolchi aeroportdan tekshiruv sababli kech chiqdi. Natijada u kecha tibbiy ko'rikdan o'tishga ulgurmadi.

Fayzullaev bugun «Bashakshehir» safida tibbiy ko'rikdan o'tadi. Abbosning sog'lig'ida muammo aniqlanmasa, u yangi jamoasi bilan 3 yillik shartnoma imzolaydi.

TsSKA mazkur transfer uchun 7,5 million evro oladi.

Manba: stadion.uz