A Seriya to'purari Saudiya klubi uchun tibbiy ko'rikdan o'tdi

"Atalanta" forvardi Mateo Retegi "Al-Qodsiya"ga o'tishga yaqin turibdi, deb yozadi Fabritsio Romano.
Bugun, 17 iyul kuni italiyalik yakuniy shartnoma imzolash uchun tibbiy ko'rikdan o'tdi. "Atalanta" futbolchi uchun 65 million evro tovon puli olishi kutilmoqda.
O'tgan mavsumda 26 yoshli Retegi klub miqyosida 49 o'yinda 28 ta gol va 9 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.