"Atalanta" 26 yoshli hujumchi Mateo Retegi Saudiya Arabistonining "Al-Qodisiya" klubiga o'tganini rasman e'lon qildi.

Insayder Fabritsio Romanoning ma'lum qilishicha, transfer qiymati 65 million evroni tashkil qilgan. Retegi bergamoliklar safida o'tgan mavsumni ajoyib o'tkazdi va 36 ta o'yinda 25 ta gol urib, A Seriyaning eng yaxshi to'purari bo'ldi.

Italiya pasportiga ega bo'lgan argentinalik futbolchi o'zining natijalari bilan bir qator klublarning e'tiborini tortdi, ammo oxir-oqibat Saudiya Arabistoniga ko'chib o'tishni tanladi. Transfermarkt ma'lumotlariga ko'ra, Retegining bozor narxi 45 million evroga baholanmoqda.