A Seriya klubi Keza bo'yicha "Liverpul"ga taklif bilan chiqadi

"Liverpul" vingeri Federiko Keza "Atalanta"ga o'tishi mumkin. Italiyalik futbolchi "qizillar"ning yaqinlashib kelayotgan mavsumoldi yig'iniga yo'l olgan qaydnomaga kiritilmadi va uning tez orada ketish ehtimoli ancha yuqori hisoblanadi. Jurnalist Mikele Krishtieloning yozishicha, "Atalanta" 27 yoshli futbolchi uchun 12 mln evro taklif qilishga tayyor. Muzokaralar tez orada boshlanadi.
Federiko Keza o'tgan yilning avgustida "Yuventus"dan 12 mln evro evaziga "Liverpul"ga o'tgandi. Futbolchining mersisaydliklar bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.
O'tgan mavsumda Keza Arne Slot jamoasi safida barcha musobaqalarda 14 ta o'yinda maydonga tushib, 2 ta gol va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.