"Inter" himoyachisi jarohat oldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 62
«Inter» himoyachisi Stefan de Vrey «Liverpul»ga qarshi (1:0) EChL 1/8 final javob o'yinida jarohat oldi.
Football Italia xabariga ko'ra, 30 yoshli niderlandiyalik futbolchining chap boldir mushagi shikastlangan.
Qayd etilishicha, jarohat jiddiy emas, biroq «Inter» bosh murabbiyi Simone Indzagi futbolchining sog'lig'ini xavf ostiga qo'ymaslikka qaror qilib, tanaffusda uni almashtirgan.
2021/22 yilgi mavsumda de Vrey «Inter» safida 31 ta o'yinda maydonga tushib, 1 ta gol urgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!