"Real" - "PSJ" bahsida kim favorit? "Arsenal" sobiq futbolchisi javob berdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 129
Londonning «Arsenal» klubi sobiq yarim himoyachisi Robert Pires Chempionlar ligasi 1/8 finali javob o'yini doirasida «Real» - «PSJ» jamoalari o'rtasidagi uchrashuv haqida fikr bildirdi.
“Tajriba muhim ahamiyat kasb etadi. Jamoa tajribali bo'lishi kerak. Anchelotti shogirdlari o'yinni o'zlariga og'dirib olishlari mumkin. Ayniqsa, muxlislar bilan to'la «Santyago Bernabeu»da. Muxlislar futbolchilarga yordam berishadi. «Real» bu o'yinda favorit hisoblanadi.
"PSJ" barcha imkoniyatlarini ishga soladi. Mbappe hozir ajoyib formada, Messi esa yaxshi, ammo Neymar tezlikni oshirishi kerak», - deya Pires Marca nashri bilan suhbatda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!