Evropaning eng kuchli milliy chempionatlari 2-divizionida kimlar o'ynashyapti?
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 694
Muxlislarni asosan «ko'hna qit'a»ning eng kuchli ligalari qiziqtirishi tabiiy holat. Lekin o'sha Angliya , Ispaniya yoki Italiyada ikkinchi o'rinda turuvchi divizionlarda ham o'zgacha kurash borishi o'z-o'zidan tayin.
Buni ishtirokchi jamoalar safidagi futbolchilar va ularning transfer bahosidan ham bilib olish mumkin. Xullas, bugun ikkinchi divizionlar aro «sayr»ga chiqishni tavsiya etamiz. Bunda elit liga va uning ortida turgan turnir ishtirokchilarining umumiy transfer summasini o'zaro taqqoslab ham ko'rishingiz mumkin.
APLning barcha futbolchilari transfer summasi: 8,51 mlrd. evro
Chempionshipning barcha futbolchilari transfer summasi: 1,28 mlrd. evro (APL summasining 15 foiziga teng)
Chempionshipda eng qimmatbaho tarkibga ega jamoa: «Stok Siti» - 128,25 mln. evro
Chempionshipning eng qimmatbaho
10 nafar futbolchisi (q132 mln. evro)
1. Jek Grilish («Aston Villa») - 20 mln. evro
2. Jek Batlend («Stok Siti») - 18 mln. evro
3. Jo Allen («Stok Siti») - 15 mln. evro
Temmi Abraxam («Aston Villa») - 15 mln. evro
6. Jey Rodriges («Vest Bromvich») - 12 mln. evro
Duayt Geyl («Vest Bromvich») - 12 mln. evro
7. Nil Mope («Brentford») - 10 mln. evro
Tom Ins («Stok Siti») - 10 mln. evro
Benik Afobe («Stok Siti») - 10 mln. evro
Joao Karvalo («Nottingem Forest») - 10 mln. evro
Yana 2 nafar futbolchining bahosi 10 mln. evroga yaqin: Meyson Maunt («Derbi Kaunti») va Britt Assombalonga («Midlsbro»)
Chempionship - bu alohida tarix. Bilasizmi, bu turnir futbolchilarning jami transfer summasi bo'yicha Evropada 6-o'rinda turadi. Ya'ni Chempionship faqat kuchli beshlik sirasiga kiruvchi ligalardan orqada, xolos. Aynan shunday! Demak, Angliya chempionati ikkinchi divizioni nafaqat «ko'hna qit'a», balki jahonning ko'plab mamlakatlari elit ligasidan ancha qiziqarli va obro'li. Misol uchun, Chempionship va Rossiya Premer-ligasini taqqoslab ko'rish mumkin. Tasavvur qiling, Rossiya chempionati yuqori ligasida o'ynayotgan barcha futbolchilarning umumiy bahosi million evroga ham etmaydi, Angliya ikkinchi divizioni esa naq 1,3 «limon» turadigan o'yinchilarni o'z bag'rida jamlagan. RPLdagi eng qimmatbaho klub - «Zenit» (transfermarkt.de ma'lumotiga asosan 166 million evro). Chempionshipning narx bobidagi etakchisi «Stok Siti» esa rus ligasidagi 2ta ishtirokchidan arzon, xolos. Demakki, stokliklar tarkib bo'yicha Rossiyada bemalol oliy sovrin uchun kurash olib borishlari mumkin. Raqamlar bunga dalil...
ISPANIYa
Primeroning barcha futbolchilari transfer summasi: 5,68 mlrd. evro
Segundaning barcha futbolchilari transfer summasi: 342,55 mln. evro (Primero summasining 6 foiziga teng)
Segundada eng qimmatbaho tarkibga ega jamoa: «Malaga» - 36,55 mln evro
Segundaning eng qimmatbaho
10 nafar futbolchisi (q30 mln. evro)
1. Manu Valexo («Kadis») - 5 mln. evro
2. Alfred N~Diaye («Malaga») - 4 mln. evro
3. Rafa Mir («Las-Palmas») - 3 mln. evro
Yann Bodiger («Kordoba») - 3 mln. evro
5. Federiko Rikka («Malaga») - 2,5 mln. evro
Serxio Arauxo («Las-Palmas») - 2,5 mln. evro
Luis Ernandes («Malaga») - 2,5 mln. evro
Ager Aketche («Kadis») - 2,5 mln. evro
Xaver Ontiveros («Malaga») - 2,5 mln. evro
Adrian Gonsales («Malaga») - 2,5 mln. evro
Yana 4 nafar futbolchining bahosi 2,5 mln. evroga yaqin: Urosh Jurjevich («Sporting»), Pau Torres («Malaga»), Darvin Machis («Kadis») va Domingos Duarte («Deportivo»)
Ispaniyadagi holat mutlaqo boshqacha. Chempionship va Segundadagi eng qimmatbaho futbolchilarning jami bahosiga qarash kifoya qiladi - 132 million evroga qarshi atigi 30 «limon». O'rtada katta farq bor. O'zi Ispaniya La-ligasida boylar va qolganlarni ajratib turuvchi ulkan «jar»lik bor. Bu mamlakatning ikki divizioni o'rtasida ham yaqqol ko'zga tashlanib turibdi. Boz ustiga, umumiy holat tobora yomonlashmoqda. Misol uchun, bir yilcha oldin Segundaning Primeroga nisbatan hissasi 8,2 foizga teng edi, endi esa bu ko'rsatkich atigi 6 foiz...
ITALIYa
«A» seriyaning barcha futbolchilari transfer summasi: 4,90 mlrd. evro
«V» seriyaning barcha futbolchilari transfer summasi: 336,55 mln. evro («A» seriya summasining 6,9 foiziga teng)
«V» seriyada eng qimmatbaho tarkibga ega jamoa: «Breshia» - 37,38 mln. evro
«V» seriyaning eng qimmatbaho
10 nafar futbolchisi (q44,6 mln. evro)
1. Sandro Tonali («Breshia») - 15 mln. evro
2. Endryu Gravillon («Peskara») - 5 mln. evro
3. Iliya Nesterovski («Palermo») - 4 mln. evro
Xan Kvan Son («Perudja») - 4 mln. evro
5. Valerio Verre («Perudja») - 3,5 mln. evro
6. Gaston Brugman («Peskara») - 2,8 mln. evro
Alfredo Donnarumma («Breshia») - 2,8 mln. evro
8. Ahmad Benali («Krotone») - 2,5 mln. evro
Marko Tumminello («Lechche») - 2,5 mln. evro
Dimitri Bizoli («Breshia») - 2,5 mln. evro
Yana bir futbolchining bahosi 2,5 mln. evroga yaqin: Jorje Pushkash («Palermo»)
Italiyadagi manzara Ispaniya chempionati umumiy holatiga o'xshash: boylar («Yuventus», «Milan» va «Inter») tobora boyimoqda, qolgan klublar o'z joyida depsinyapti. Buning oqibatida ikki guruh o'rtasidagi farq yanada yiriklashmoqda. Misol uchun, oxirgi ikki mavsumni o'zaro taqqoslaylik: o'tgan yili «V» seriyasi futbolchilarining umumiy summasi elita bahosining 9,5 foizini tashkil qilgandi, hozirgi ko'rsatkich esa 6,9 foizga teng. Bu xuddiki tabiiy jarayondek. To'g'ri, «V» ancha orqada qolayotgan bo'lsada, ikkinchi raqamli seriyada ham bir qator salohiyatli ijrochilar bor. Deylik, «Breshia»ning 18 yoshli yarim himoyachisi Sandro Tonali ayni payt «Liverpul» va «Roma» kabi klublarning jiddiy kuzatuvi ostida turibdi. Umuman, kelajagi yorqin bo'lishi kutilayotgan «Yangi Pirlo»ga «Yuventus», «Inter» va «Chelsi» ham befarq emas. Ba'zi jamoalar vakillari yigitcha masalasida «qaldirg'ochlar» prezidentini bezovta qila boshlashdi, hatto. Sandroning o'zi esa salohiyatini «Milan»da, Jennaro Gattuzo qo'l ostida sinab ko'rmoqchi. Ha, «V» seriya Italiya futboliga yana bir yangi yulduz tarbiyalayotgan ko'rinadi.
GERMANIYa
Bundesliganing barcha futbolchilari transfer summasi: 4,54 mlrd. evro
Ikkinchi Bundesliganing barcha futbolchilari transfer summasi: 406,95 mln. evro (Bundesliga summasining 8,9 foiziga teng)
Ikkinchi Bundesligada eng qimmatbaho tarkibga ega jamoa: «Kyoln» - 79,95 mln. evro
Ikkinchi Bundesliganing eng qimmatbaho
10 nafar futbolchisi (q66 mln. evro)
1. Yonas Xektor («Kyoln») - 12,5 mln. evro
2. Antoni Modest («Kyoln») - 9 mln. evro
3. Duglas Santos («Gamburg») - 7,5 mln. evro
4. Timo Xorn («Kyoln») - 7 mln. evro
Xorxe Mere («Kyoln») - 7 mln. evro
6. Orel Mangala («Gamburg») - 5,5 mln. evro
7. Xvan Xi Chxan («Gamburg») - 5 mln. evro
8. Rik van Drongelen («Gamburg») - 4,5 mln. evro
9. Yann-Fite Arp («Gamburg») - 4 mln. evro
Jon Kordoba («Kyoln») - 4 mln. evro
Yana 3 nafar futbolchining bahosi 4 mln. evroga yaqin: Dominik Dreksler («Kyoln»), Luis Shaub («Kyoln») va Mussa Kone («Dinamo» Dr.)
Bir qarashda, nemislar yurtida ikki liga o'rtasidagi balans nisbatan yaxshiroq. Har holda, Ispaniya va Italiyadagi «jar»lik yo'q. Ammo shunisi borki, Bundesliga 2-ning ijobiy statistikasi ortida asosan o'tgan mavsum yakunlariga ko'ra, elitadan tushgan 2ta klub turibdi. Aytish o'rinli, «Kyoln» ham, «Gamburg» ham darhol kuchlilar qatoriga qaytmoqchi, shuning uchun avvalgi tarkibini imkon qadar saqlab qolgan. Qarang, Germaniya futboli tizimida ikkinchi o'rinda turuvchi turnirda o'ynayotgan eng qimmatbaho 10 nafar futbolchining barchasi aynan «Kyoln» yoki «Gamburg» a'zosidir.
FRANTsIYa
Liga 1ning barcha futbolchilari transfer summasi: 3,43 mlrd. evro
Liga 2ning barcha futbolchilari transfer summasi: 272,70 mln. evro (Liga 1 summasining 7,9 foiziga teng)
Liga 2da eng qimmatbaho tarkibga ega jamoa: «Mets» - 24,4 mln. evro
Liga 2ning eng qimmatbaho
10 nafar futbolchisi (q20,95 mln. evro)
1. Habib Diallo («Mets») - 3,5 mln. evro
2. Ibrohim Niane («Mets») - 2,5 mln. evro
3. Natael Julan («Valansen») - 2 mln. evro
Zayniddin Farxat («Gavr») - 2 mln. evro
Stoppila Sunzu («Mets») - 2 mln. evro
Jan-Kevin Dyuvern («Lans») - 2 mln. evro
Stivi Yago («Gavr») - 2 mln. evro
8. Teri Ambros («Lans») - 1,75 mln. evro
9. Yoan Mollo («Sosho») - 1,7 mln. evro
10. Jando Fyush («Sosho») - 1,5 mln. evro
Yana 10 nafar futbolchining bahosi 1,5 mln. evroga yaqin
Liga 2 oxirgi yil davomida ishtirokchilar bahosi borasida bir necha 10 million yo'qotdi, Liga 1da aksincha, yana o'sish kuzatildi. Xullas, Frantsiyada ham ikki divizion o'rtasidagi farq oshib bormoqda. Ajoyib va noyob faktga e'tibor qarating: birgina «PSJ» tarkibining narxi Frantsiya chempionati ikkinchi divizionida o'ynayotgan barcha futbolchilar bahosi yig'indisidan 3,5 baravar (!) baland. Darvoqe, Liga 2ning eng qimmatbaho 10 nafar o'yinchisidan ikkisi vaqtida Rossiya Premer-ligasida faoliyat yuritgan: Stoppila Sunzu o'tgan mavsum «Arsenal» (Tula) sharafini himoya qilgan bo'lsa, Yoan Mollo oldinroq «Krilya Sovetov» va «Zenit» safida to'p surgandi.
ROSSIYa
RPLning barcha futbolchilari transfer summasi: 908,1 mln. evro
FNLning barcha futbolchilari transfer summasi: 156,15 mln. evro (RPL summasining 17,2 foiziga teng)
FNLda eng qimmatbaho tarkibga ega jamoa:: «Tambov» - 10,38 mln. evro
FNLning eng qimmatbaho
10 nafar futbolchisi (q8,5 mln. evro)
1. Aleksey Evseev («Ximki») - 1 mln. evro
Aleksandr Sapeta («Nijniy Novgorod») - 1 mln. evro
3. Denis Terentev («Zenit-2») - 900 ming evro
Maksim Barsov («Sochi») - 900 ming evro
5. Daniil Utkin («Krasnodar-2») - 850 ming evro
6. Evgeniy Shlyakov («Tambov») - 800 ming evro
Oleg Lanin («Ximki») - 800 ming evro
8. Mixail Ignatov («Spartak-2») - 750 ming evro
Vladimir Obuxov («Tambov») - 750 ming evro
Nikolay Zaytsev («SKA-Xabarovsk») - 750 ming evro
Rossiya chempionati ikkinchi divizionidagi klublar holati chakki emas. Deylik, elitaga narx bobida yaqinlik hattoki, Angliyadagi ko'rsatkichdan ham yaxshiroq. Umuman, 17,2 foiz - bu mutlaqo adolatli raqam. Harqalay, FNLda «Zenit», «Spartak» va «Krasnodar» kabi boylarning ikkinchi jamoasi ham qatnashmoqda.