Laporta: "Kumanni avvalroq ishdan bo'shatishim kerak edi"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 138
«Barselona» prezidenti Joan Laporta kataloniyaliklarning sobiq bosh murabbiyi Ronald Kumanning unga klubda etarlicha vaqt berilmagani haqidagi so'zlariga izoh berdi.
«O'tgan mavsum oxirida menda Kuman haqida juda ko'p shubhalar bor edi va men bu haqda unga aytdim, lekin u davom etmoqchi edi. Men uni hurmat qilardim, lekin hamma narsa noto'g'ri yo'nalishda ketayotganini angladim va shunday qaror qabul qilishim kerak edi. Men buni hurmat bilan qildim va orqaga qarasam, buni tezroq qilishim kerak edi degan qarorga kelaman. Agar bu unga og'riqli bo'lgan bo'lsa, o'tib ketadi degan umiddaman, - dedi Laporta klub matbuot xizmatiga bergan intervyusida.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!