"Lion" "Chelsi" himoyachisini sotib olmoqchi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 106
"Lion" "Chelsi" futbolchisi Emerson Palmeri bilan doimiy shartnoma imzolash ustida ishlamoqda. Bu haqda jurnalist Nikola Shkira o'zining Tvitter sahifasida ma'lum qildi.
27 yoshli italiyalik futbolchiga "Latsio" ham qiziqish bildirmoqda, unga "burgutlar" bosh murabbiyi Mauritsio Sarri shaxsan qiziqish bildirmoqda.
Chap qanot himoyachisi joriy mavsumda "Lion" safida 25 ta o'yinda maydonga tushib, 1 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Futbolchining transfermarktdagi narxi 14 mln evro.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!