"Tottenxem"dagilar Keynning eng sermahsul futbolchi bo'lishiga ishonishmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 86
«Tottenxem» himoyachisi Erik Dayerning fikricha, uning jamoadoshi Xarri Keyn APL tarixidagi eng sermahsul futbolchiga aylanishi mumkin.
«Agar men tikkan bo'lsam, Keyn rekordni yangilashiga ishonardim. 100 foiz», - deya Dayerning so'zlaridan iqtibos keltirmoqda BBC.
Keyn «Everton»ga qarshi 28-tur uchrashuvida (5:0) dubl qayd etdi va hozirda uning Angliya Premer-ligasidagi faoliyati davomida 176 ta gol bor. U bu ko'rsatkich bo'yicha «Arsenal»ning sobiq hujumchisi Terri Anrini ortda qoldirdi.
Premer-liga tarixidagi eng yaxshi to'purarlar uchligi quyidagicha:
Alan Shirer - 260,
Ueyn Runi - 208,
Endryu Koul - 187.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!