Shevchenko efir vaqtida yig'lab yubordi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 132
Ukraina terma jamoasining sobiq ustozi Andriy Shevchenko Italiya televideniesining jonli efirida yurtidagi urush haqida gapirib, ko'z yoshlarini tutib tura olmadi.
Mutaxassisning so'zlariga ko'ra, vatanida sodir bo'layotgan voqealar unga hamon dahshatli tushdek tuyuladi.
"Qarindoshlarim menga nima bo'layotganini aytib berishadi. Bu men uyg'onmoqchi bo'lgan dahshatli tush. Shaharlar bombardimon qilinmoqda, ayollar, bolalar va qariyalar o'ldirilmoqda.
Bu dahshatli tushga o'xshaydi, ertaga men uyg'onib, normal hayotga qaytaman shekilli, lekin bu sodir bo'lmasligini tushunaman ... Bu haqiqat.
Ukraina Evropaning bir qismi bo'lishni xohlaydi, bu bizning xalqimizning qarori edi. Zelenskiy bizni erkinlik va mustaqillik sari etaklovchi buyuk prezident", dedi Shevchenko Rai3 telekanaliga bergan intervyusida.