Xokkey. «Humo» seriyada hisobni tenglashtirdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 599
Ushbu qarama-qarshilik taqdiriga 5 aprelda oydinlik kiritiladi. Bu yil ilk marotaba o'tkazilayotgan xokkey bo'yicha O'zbekiston chempionatining ikkinchi finalchisini aniqlash masalasi keyinroqqa qoldirildi. Poytaxtimizdagi “Ice City” ko'ngilochar-sport majmuasida tarixiy mamlakat birinchi chempionatining pley-off o'yinlari davom etmoqda. Kecha “Semurg'” hamda “Humo” jamoalari o'rtasidagi yarim finalning to'rtinchi uchrashuvi o'tkazildi. Bungacha o'zaro qarama-qarshilikda 2-1 hisobida “Semurg'” xokkeychilari oldinda borayotgan va navbatdagi g'alaba ularni finalga olib chiqardi. Biroq, “Semurg'” jamoasi a'zolari kecha bu orzusiga etisholmadi. Uchrashuv “Semurg'”ning ustunligida boshlandi va ular ilk daqiqadayoq hisobda oldinga chiqib oldi. Sergey Golev-Maksim Bostanjiev kombinatsiyasini Georgiy Zmeev muvaffaqiyatli yakunladi. Ammo oradan ko'p o'tmay “Humo” xokkeychilari vaziyatni tenglashtirdi, Vladislav Treshinning kuchli zarbasidan keyin shayba darvozadan joy oldi – 1:1. Biroq, 1-bo'limning o'zida “Semurg'” jamoasi yana hisobda oldinga chiqib oladi va final yo'llanmasi taqdirini paysalga solib o'tirish niyatida emasligini oshkor qilgandi go'yo. Lekin keyingi ikki bo'limda “Humo” xokkeychilari raqib darvozasini naqd to'rt marta aniq nishonga oldi va o'yin, shu bilan birga seriya taqdirini o'zgartirib yubordi. Uchrashuvda Vladislav Troshin xet-trik qayd etdi. Shu tariqa “Semurg'” va “Humo” jamoalari o'rtasidagi seriyada hisob tenglashdi – 2:2. Endi ushbu juftlik g'olibi 5 aprel kuni bo'ladigan hal qiluvchi o'yinda aniqlanadi. Ularni esa finalda o'zbek xokkey maktabi rivojida o'ziga xos o'rin tutadigan “Binokor” jamoasi kutib turibdi. Xokkey. O'zbekiston chempionati. Pley-off. ½ final “Semurg'” (Toshkent) – “Humo” (Toshkent) – 2:5 (2:1, 0:1, 0:3) Seriyadagi hisob – 2:2 0:11 – Georgiy Zmeev, 1:0 02:23 – Vladislav Troshin, 1:1 14:16 – Artyom Senin, 2:1 20:18 – Vladislav Troshin, 2:2 32:51 – Viktor Ekk, 2:3 34:49 – Vladislav Troshin, 2:4 43:57 – Roman Matseyko, 2:5
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!