Odil Ahmedov: "Rossiyadan tushadigan taklifni ko'rib chiqishga tayyorman"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 696
"Anji" va "Krasnodar" klublarining sobiq futbolchisi hozirda xitoyning "Shanxay SIPG" klubi yarimhimoyachisi Odil Ahmedov Rossiya chempionatida to'p surish niyatini bildirdi.
"Gapni Xitoyda meni qanday kutib olishganlari haqida hikoya qilishdan boshlayman. U erda o'zimni qulay his qilishim uchun klub hamma narsa qilgan edi. Buning ustiga mentalitet va tildagi farq juda sezilardi edi. Tan olaman, Xitoyga endi moslashdim.
Rossiyani sog'inamanmi? Albatta. Rossiya chempionatida 6 yil o'ynadim. Bu yillar faoliyatimdagi eng yorqin xotiralar bo'lib qoladi. Rossiya klublari Evrokubokda o'ynash orzumni amalga oshishiga yordam berdilar. Muxlislar doim meni qo'llab-quvvatlar eedilar. Bu xotiralar qadrli.
RPLdan taklifni ko'rib chiqishga tayyorman. Rossiya chempionatiga yuqori baho beraman", - deydi O'zbekistonlik futbolchi.