Morata va Diego Kosta «Barselona»ga qarshi o'yinni o'tkazib yuborishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 1466
«Atletiko» hujumchisi Alvaro Morata «Jirona»ga qarshi bo'lib o'tgan o'yinda (2:0) jarohat oldi. Futbolchining to'piq qismi lat egani aniq bo'ldi. Uning tiklanishi uchun qancha vaqt ketishi haqida xabarlar yo'q.
«Atletiko» 6 aprel kuni "Kamp Nou"da La liganing 31-turi doirasida «Barselona»ga qarshi maydonga tushadi. Madridliklarning boshqa hujumchisi Diego Kosta ham kataloniyaliklarga qarshi o'yinni o'tkazib yuborishi mumkin. U son qismidan olgan jarohat tufayli «Jirona»ga qarshi kechagi o'yinda maydonga tushmadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!