So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
"Liverpul" himoyachisi: "Bundesliga bilan APLni katta farqi bor"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 96

«Liverpul» markaziy himoyachisi Ibrohim Konate Angliya Premer-ligasidagi jamoalarning saviyasi haqida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
«Hurmat bilan aytadigan bo'lsak, Bundesligada albatta g'alaba qozonishingizni oldindan biladigan o'yinlar bor. APLda hech qachon bunday ishonch bo'lmaydi - hatto oxirgi o'rindagi jamoaga qarshi o'yin ham xuddi peshqadam jamoadagidek qiyin bo'lishi mumkin. Angliya chempionati hamma narsada hayratlanarli: shiddatlilik, raqobat darajasi, muhit», - dedi frantsiyalik futbolchi Sky Sports bilan suhbatda.
22 yoshli Konate o'tgan yilning yozida 40 million evro evaziga Germaniyaning «Leyptsig» jamoasidan «Liverpul» klubiga ko'chib o'tgan edi. Angliya chempionatining joriy mavsumida markaziy himoyachi 8 marta maydonga tushdi.