Akademik eshkak eshish. Sportchilarimiz Italiyada o'tkaziladigan xalqaro turnirda ishtirok etishadi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 622
Joriy yilning 7-15 aprel kunlari Italiyaning Pedkulo shahrida akademik eshkak eshish bo'yicha an'anaviy "Paolo De Aloe" xalqaro turniri va o'quv-mashg'ulot yig'ini bo'lib o'tadi. Unda O'zbekiston sport delegatsiyasi ham ishtirok etadi.
Ushbu xalqaro turnir va o'quv-mashg'ulot yig'inida milliy va yoshlar terma jamoalarimiz a'zolari bo'lgan 25 nafar sportchimiz qatnashadi. Ular murabbiylarimiz Sergey Tyan, Artyom Kudryashov va Fozilbek Xonxo'jaev qo'l ostida shug'ullanishadi.
23 davlatdan jami 400 nafardan ortiq sportchilar ishtirok etadigan tadbirlarda vakillarimiz 2020 yil Tokio shahri (Yaponiya)da bo'lib o'tadigan Olimpiya o'yinlarida to'qnash kelishi mumkin bo'lgan sportchilarning texnik-taktik uslublarini o'rganish imkoniyatiga ega bo'lishadi.
Ushbu xalqaro musobaqa sportchilarimiz uchun joriy yilning avgust-sentyabr oylarida Avstriyada bo'lib o'tadigan kattalar o'rtasidagi jahon chempionatiga tayyorgarlik ko'rish va yuqori natijaga erishish uchun xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir.
Shuningdek, xalqaro turnirda O'zbekiston milliy terma jamoasi asosiy tarkibiga kirishga nomzod bo'lgan sportchilarning jismoniy va tayyorgarlik holati o'rganiladi.
Jismoniy tarbiya va sport vazirligi
Matbuot xizmati