OChL tarixidagi eng chiroyli gol muallifini aniqlash so'rovnomasida Ikrom Aliboev finalga chiqdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 701
Osiyo futbol konfederatsiyasi Osiyo chempionlar ligasi tarixidagi eng chiroyli golni aniqlash bo'yicha o'z saytida so'rovnoma o'tkazmoqda. Ushbu so'rovnomada o'zbekistonlik Ikrom Aliboevning goli ham qatnashmoqda.
Uning 2018 yil Toshkentning "Lokomotiv" klubi safida "Al-Vahda" darvozasiga maydon markazidan turib kiritgan goli final bosqichiga yo'l oldi. Endilikda Aliboevning goli g'olib bo'lish uchun eronlik futbolchi Andranik Teymuryanning 2013 yil "Buriram Yunayted" - "Istiqlol" uchrashuvida kiritgan goli bilan bellashadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!