Shahobiddin Zoirovning debyut jangidagi raqib aniq bo'ldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 1686
Professional boksda faoliyatini boshlayotgan Shahobiddin Zoirov 5 aprel kuni ilk jangini o'tkazishi haqida xabar bergandik.
GoSport.uz internet-nashri manbalari bergan xabarga ko'ra, shu kuni Rio olimpiadasi chempioniga indoneziyalik Entoni Holtga (5-4-1, 3 KO) qarshi ringga chiqadi. Avvaliga jang BAAning Dubay shahrida joylashgan Kayte plyajida bo'lib o'tishi belgilangandi. Ammo sal o'tib boks oqshomi bo'lib o'tadigan jang joyi o'zgardi. Endi mazkur jang Amirlik golf klubida ochiq maydonda o'rnatilgan ringda bo'lib o'tadigan bo'ldi.
Eslatib o'tamiz, oldinroq Shahobiddin Zoirov MTK Global promouterlik kompaniyasi bilan shartnoma imzolagani ma'lum qilingandi. U Ispaniyada mashg'ulotlar olib borgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!