So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
"Chelsi"ning ishonchli vakillari hozircha klubni boshqarishdan bosh tortmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 123
Rossiyalik tadbirkor Roman Abramovichning shanba kungi bayonotidan so'ng xayriya jamg'armasi vasiylari «Chelsi» boshqaruvini o'z qo'liga olishga hali rozi bo'lmadi, deb xabar bermoqda Sky Sports.
Qayd etilishicha, vasiylik tashkilotining olti nafar a'zosi Britaniya xayriya qonunchiligiga ko'ra, futbol klubiga egalik qilish qanchalik qonuniy bo'lishi haqida ko'proq ma'lumot olishni istashmoqda. Jamg'arma huquqshunoslari Abramovichning ushbu taklifini amalga oshirish imkoniyatlari ustida ishlamoqda.
26 fevral kuni Abramovich Rossiya-Ukraina munosabatlarining keskinlashuvi fonida sanktsiyalar qo'llanilishi munosabati bilan «Chelsi» boshqaruvini London jamoasi xayriya jamg'armasi vasiylariga topshirdi. Abramovich ushbu o'tkazishga qaramay, jamoaning xo'jayini bo'lib qolaveradi.