Gavining agenti «Real» ofisida ko'rinish berdi...
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 168
«Barselona» yarim himoyachisi Gavining agenti o'tgan hafta «Real Madrid» ofisida ko'rinish berdi, deb xabar berdi Marca 28 fevral kuni.
Manbaga ko'ra, 17 yoshli ispaniyalik futbolchi Kataloniya klubi bilan 2023 yilning 30 iyunida tugaydigan shartnomasini uzaytirmoqchi emas.
Yarim himoyachi joriy mavsumda «Barselona» safida 31 o'yinda maydonga tushib, 2 ta gol va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt portali uning narxini 40 million evroga baholamoqda.
Ma'lumot o'rnida, Gavi kataloniyaliklar tarbiyalanuvchisi hisoblanadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!