So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
Le Gre: «Sport odamlarni yarashtirish uchun xizmat qilishi kerak!»
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 83
Frantsiya futbol federatsiyasi prezidenti Noel Le Gre Rossiya terma jamoasini Qatarda bo'lib o'tadigan 2022 yilgi jahon chempionatida ishtirok etish uchun da'vogarlar ro'yxatidan chiqarib tashlash g'oyasini qo'llab-quvvatladi:
«Boshqa federatsiyalar rahbarlari bilan bu masalani muhokama qilmaganman. Menimcha, Rossiyani keyingi jahon chempionatidan chetlashtirish kerak.
Bu mening fikrim. Men odatda sport odamlarni yarashtirish va taranglikni yo'qotish uchun kerak, deb o'ylayman. Ammo hozir bu juda qiyin. Sport olami, xususan, futbol olami ham betaraf qola olmaydi. Albatta, men Rossiyani chetlab o'tishga e'tiroz bildirmayman», — deydi Noel.
Avvalroq Chexiya, Polsha va Shvetsiya 2022 yilda Qatarda bo'lib o'tadigan jahon chempionati saralashida Rossiyaga qarshi o'ynashdan bosh tortgani ma'lum bo'lgandi.