So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
FIFAning boshi qotgan — Rossiya MTJ taqdiri nima bo'ladi?
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 120
Xabaringiz bor, biroz oldin tarqalgan ma'lumotlarga ko'ra, Polsha, Shvetsiya va Chexiya terma jamoalari 2022 yilgi jahon chempionatida Rossiya bilan bir turnirda o'ynashdan bosh tortdi. Bu borada ko'pchilikka FIFAning chiqaradigan qarori qiziq.
Shanba kuni Polsha futbol ittifoqi rahbari Tsezariy Kulesha Tvitterida milliy terma jamoa Rossiyaga qarshi o'ynashni istamasligini aytdi.
«Biz FIFAga umumiy pozitsiyani etkazish uchun Chexiya va Shvetsiya federatsiyalari bilan muzokaralar olib bormoqdamiz», - deydi Kulesha. U Polsha boshqa davlatlar bilan birlashishni xohlayotganini ta'kidladi. Shu kuni Polsha terma jamoasi futbolchilari vaziyatga umumiy fikr bildirishdi: «Bizning Rossiya bilan pley-offda o'ynash niyatimiz yo'q, qarorimiz jiddiy. Bunga to'xtalish oson bo'lmadi. Lekin hayotda futboldan ham muhimroq narsalar bor».
Terma jamoa matbuot xizmati xodimi Yakub Kvyatkovski bu borada o'z pozitsiyasini tasdiqladi: «Texnik mag'lubiyatga tayyormisiz? - Ha, futbolchilar bilan birgalikda Rossiyaga qarshi o'ynamaslikka qaror qildik», — deydi Yakub.
Robert Levandovski bu haqda alohida fikr bildirdi va jamoani qo'llab-quvvatladi: «Bu to'g'ri qaror! Hozirgi vaziyatda Rossiyaga qarshi o'yinni tasavvur qila olmayman. Bunga rossiyalik futbolchilar va muxlislar javobgar emas, lekin biz xuddi hech narsa bo'lmagandek harakat qila olmaymiz», — deydi Robert.
Shanba oqshomida bu ittifoqqa Shvetsiya ham qo'shildi. Shvetsiya futbol federatsiyasi bu qarorni o'z rasmiy saytida qayd etdi: terma jamoa Chexiyani mag'lub etsa, Rossiyaga to'qnash keladi va ular bilan o'yindan bosh tortadi. Shvetsiyaliklar ikki muhim fikrni ilgari surgan. Birinchidan, jamoa neytral hududda o'ynash fikriga qarshi. Ikkinchidan, FIFAni Rossiyaning musobaqada ishtirok etishiga yo'l qo'ymaslikka chaqirdi.
FIFA iltimosimizni qondirmasligiga ishonish qiyin. Bu jinnilik davom etar ekan, Rossiyaning turnirda qatnashishi mumkin emas», deya tushuntiradi federatsiya prezidenti Karl-Erik Nilsson. Chexiya esa yakshanba kuniyoq boykotga qo'shilgan. «Chexiya futbol ittifoqi terma jamoa hech qanday holatda Rossiya bilan JCh-2022 saralash bosqichida o'ynamasligi haqidagi qarorni ma'qulladi», - deyiladi murojaatda.
FIFA avvaliga Polshaga, keyin esa Shvetsiya – Chexiya o'yini g'olibiga texnik mag'lubiyat berish uchun barcha rasmiy asoslar mavjudligini tasdiqladi.
Bu stsenariyda Rossiya to'g'ridan-to'g'ri JCh-2022ga chiqadi. Ammo vaziyat o'ziga xos va FIFA Rossiyani chiqarib yuborish ehtimoli ham yo'q emas. Ko'pchilik evropalik siyosatchilar sportni ham keng sanktsiyalar ro'yxatiga kiritish tarafdori ekanliklarini aytishdi. Agar bu sodir bo'lsa, Polsha avtomatik tarzda turnirga chiqadi. Hozircha UEFA reglamentida faqat birgina variant mavjud. Tashkilot Rossiya va Ukraina klublari uchun neytral maydonda o'ynashni taklif qilgan. Serbiya prezidenti Aleksandr Vuchich allaqachon rus jamoalariga uy uchrashuvlarini Serbiya hududida o'tkazishni taklif qilgan.