So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
Ro'ziqul Berdiev: “Paxtakor” va “Nasaf” o'rtasidagi bahs “el-klasiko” darajasiga chiqmoqda"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 145
Ertaga, 27 fevral kuni rasman O'zbekistonda 2022 yilgi futbol musobaqalariga start beriladi. Mavsumning ilk uchrashuvi Farg'onaning Yaypan shahridagi “O'zbekiston” stadionida Superkubok bahsi bilan boshlanadi. Unda o'tgan mavsumda O'zbekiston chempioni bo'lgan Toshkentning “Paxtakor” jamoasi O'zbekiston kubogi sohibi Qarshining “Nasaf” klubiga qarshi saf tortadi. Bugun mazkur jamoalarning bosh murabbiylari va futbolchilari bilan o'yin oldi matbuot anjumani o'tkazildi. “Nasaf” bosh murabbiyi Ro'ziqul Berdiev va jamoaning asosiy futbolchilaridan Husayn Norchaev va Marko Stanoevich o'yin oldidan o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
Ro'ziqul Berdiev:
“Paxtakor” va “Nasaf” o'rtasidagi bahs har doim qiziqarli kechgan. Bu o'yinda jismoniy yaxshi tayyorgarlik ko'rgan jamoa g'alaba qozonadi. Biz ertangi bahsga 100 % tayyormiz.
"Nasaf"ning ayni paytdagi holati tarkibga ko'plab legionerlarni jalb qilishga imkon bermaydi. Shuningdek, jamoadan transfer taqiqi kuni kecha olib tashlandi.
O'tgan mavsum yakunidagi asosiy maqsadimiz jamoa o'zagini saqlab qolish edi va bunga erishdik. Shuningdek, Sharof Muhitdinov va Ivan Solovyov orqali qanot hamda markaziy chizig'imizni kuchaytirdik. Ayni paytda "Nasaf"da kuchli raqobatni vujudga keltira oladigan markaziy hujumchi bilan shartnoma imzolash kun tartibimizdagi asosiy masala bo'lib turibdi.
Bobur Abdixoliqov ham jamoaga kelishi mumkin edi, lekin uning hozirgi klubi futbolchini qo'yib yuborishni istamadi. “Paxtakor”ga yangi murabbiy kelganidan xabarimiz bor. Bilishimizcha, ushbu murabbiy ko'plab yaxshi natijalarga erishgan. “Paxtakor”ning “Dinamo K” va “Dinamo Tblisi”ga qarshi o'yininin ko'rdik lekin ularning o'yin sxemasi deyarli o'zgarmagan. Albatta, Oybek Bozorovning yo'qligi jamoaga ta'sir ko'rsatadi. Lekin biz Oybeksiz ham, Markosiz ham o'ynashni o'rganishimiz kerak.
Ertangi bahs oldidan ruhiy va jismoniy tomonlama yaxshi holatamiz va ertaga yigitlarimizda bu tomonlama qiyinchilik bo'lmaydi. Hozirda ikki klubning O'zbekistonning etakchi jamoalari hisoblanadi. Ertaga ham avvalgidek shiddatli o'yin bo'ladi deb o'ylayman. Biz “Paxtakor” darajasiga hali chiqmadik, lekin “Nasaf” ham yildan yilga o'sib bormoqda. “Paxtakor” va “Nasaf” o'yini so'nggi yillarda “el-klasiko” darajasiga chiqib borayotgani rost gap. Buning asosiy sababi biz ko'rsatayotgan o'yinlardi.
Husayn Norchaev:
Ertadan O'zbekistonda mavsum boshlanadi. Biz “Paxtakor”ga qarshi bahsga tayyormiz va raqib ustidan g'alaba qozonishga harakat qilamiz. “Nasaf” bilan 3 yillik shartnomam bor. Shuning uchun boshqa jamoaga ketish haqida o'ylamayapman. Xudo xohlasa ertaga Qarshidan ham ko'plab muxlislar kelishi kutilmoqda. Ishonamanki, ular bizning 12-o'yinchimiz bo'lib, jamoani qo'llab-quvvatlab turishadi
Marko Stanoevich:
Ertangi o'yinda g'alaba qozonmoqchimiz. Bunga yaxshi tayyorgarlik ko'rdik va umid qilamanki, muxlislarimizni xursad qila olamiz. O'tgan mavsumni "Paxtakor"ga qarshi o'yin bilan tugatgan edik. Buni qarangki, yangi mavsum ham shu jamoaga bilan to'qnash kelmoqdamiz. Dragan Cheran meningyaqin do'stim. U bilan ko'p uchrashib turamiz. Imkon bo'lsa, Dragan bilan “Nasaf”da birga o'ynagan bo'lardim.
Manba: Stadion.uz