So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
Qilichbozlarimiz birinchi kunni 2 ta oltin va 2 ta kumush medal bilan yakunlashdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 77
Toshkentda qilichbozlik bo'yicha o'tkazilayotgan o'smirlar va yoshlar o'rtasidagi Osiyo chempionatining birinchi kun bellashuvlari tugadi. Unda o'smir qizlar o'rtasida rapira, yigitlar o'rtasida shpaga hamda sablya qurollarida g'olib va sovrindorlar aniqlab olindi.
Ma'lum qilganimizdek, ushbu dasturlarda 4 nafar vakilimiz finalgacha etib bordi. Dastlab Marjona Usmonova tailandlik raqibasini ishonchli hisobda mag'lub etdi. Shpaga bahsida esa hamyurtimiz Meyirxan Timurov qozog'istonlik raqibiga 1 ochko farqi bilan imkoniyatni boy berib qo'ydi. Sablyadagi ikki hamyurtimizning duelida Abdazovning qo'li baland keldi.
Rapira, qizlar:
1. Marjona Usmonova (O'zbekiston)
2. Chayanutpat Shinnakerdchoke (Tailand)
3. Nok Chan (Gonkong)
3. Yi Lau (Gonkong)
Shpaga, yigitlar:
1. Bogdan Lukin (Qozog'iston)
2. Meyirxan Timurov (O'zbekiston)
3. Gandul Batbyamba (Mo'g'uliston)
3. Julien Lim (Gonkong)
Sablya, yigitlar:
1. Islambek Abdazov (O'zbekiston)
2. Allaniyaz Eshchanov (O'zbekiston)
3. Hamad Al Shamlan (Quvayt)
3. Nima Og'oiy (Eron)