"Arsenal" o'z stadionida APLdagi 600-golini urdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 81
Londonning "Arsenal” klubi Angliya Premer-ligasining yigirma oltinchi turidan o'rin olgan bahsda "Brentford"ni mag'lub etdi va bu o'yinda kiritilgan birinchi gol “kanonirlar” uchun Angliya Premer-ligasi "Emireyts" stadionida urilgan 600-gol bo'ldi.
Bunga erishish uchun "Arsenal"ga 297 ta o'yin kerak bo'ldi va bundan oldin faqat Manchester klublari o'z uylarida 600-golini urgan. "Manchester Yunayted"ga "Old Trafford"da 283 ta, "Manchester Siti" esa "Etihad"da 290 ta o'yin kerak bo'lgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!