So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
APL. Dramatik kechgan uchrashuvda “Tottenxem” “Manchester Siti”ni mag'lub etdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 94
“Manchester Siti” Angliya chempionatining 26-turi doirasida “Tottenxem”ga imkoniyatni boy berdi (2:3).
O'yindagi hisob to'rtinchi daqiqada mehmonlar tomonidan ochildi. Gol muallifi Deyan Kulushevski. Ilkay Gyundogan 33-daqiqada hisobni tenglashtirdi.
59-daqiqada Harri Keynni “shporlar”ni hisobda oldinga olib chiqdi. Shundan so'ng u yana gol urdi, ammo VAR futbolchining golini bekor qildi. O'yin oxirida Riyad Mahrez muvozanatni tikladi, ammo Keyn yana bir gol urishga muvaffaq bo'ldi va jamoasining irodali g'alaba qozonishiga yordam berdi.
“Shporlar” hisobida 39 ochko bor. Jamoa APL turnir jadvalida ettinchi o'rinni egallab turibdi. “Manchester Siti” hisobida 63 ochko bor, jamoa birinchi o'rinda qoldi.
“Manchester Siti” – “Tottenxem” — 1:2
“Etixad Stedium”
Gollar: 0:1 – 4 Kulusevski, 1:1 – 33 Gyundogan, 1:2 – 59 Keyn, 2:2 – Mahrez (penalti), 2:3 — Keyn
“Manchester Siti” – Ederson, Uoker, Laport, Ruben Diash, Joau Kanselu, Gyundogan, de Bryuyne, Rodri, Bernardu Silva, Foden, Sterling (Marez, 68).
“Tottenxem” – Loris, Emerson (Doerti, 83), Dayer, Devis, Romero, Sessenon, Son Xiin Min (Lukas Moura, 80), Xeyberg, Bentankur, Kulusevski, Keyn.
Ogohlantirishlar: Xeyberg (64), Romero (76), Loris (80).