So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
Eto′Oning Madridda 22 yoshli qizi borligi aniqlandi, u aliment to'lashga majbur
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 101
Sud Samyuel Eto′Oni Madridlik 22 yoshli qizning otasi deb topdi va farzandiga aliment to'lashi bo'yicha qaror chiqardi.
1997 yili kamerunlik futbolchi huquqiy jihatdan "Real"ga tegishli bo'lib, "Leganes" safida ijara asosida o'ynab yurgan paytida Madriddagi tungi klublarning birida Adileusa degan qiz bilan tanishib qoladi.
Ushbu juftlikning munosabatlari jiddiylashib ketdi. 1998 yili Adileusa homilador ekanligini futbolchiga aytdi. O'sha paytda homilador ayol farzandni tug'ish niyatida emasligini bildirdi.
Eto′Oning Erik Do Rosario Neves ismli qizi 1999 yili dunyoga keldi. U paytda Samyuel «Espanol» safida to'p surayotgandi. Futbolchi hech qachon qizini tan olmagan, shuningdek kamerunlik sobiq futbolchi Adileusaning qo'ng'iroqlariga va xatlariga javob bermay qo'ygan.
Adileusa Eto′Oning otaligiga oid biologik dalillarni taqdim etdi, shundan so'ng sud Samuelni Erikaning otasi deb tan oldi. Sud Samyuelga da'vo arizasi berilgan kunda boshlab, ya'ni 2018 yildan boshlab har bir oy uchun 1400 evro miqdorida aliment to'lashi bo'yicha qaror chiqardi, Sobiq futbolchining o'zi esa sudga kelmadi.