So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
«Bavariya» futbolchisi koronavirusdan tuzaldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 79
Fevral oyi boshida koronavirus bilan kasallangan «Bavariya» futbolchisi Jamol Musialaning qayta topshirgan testi manfiy chiqdi. U yana jamoa bilan mashg'ulot o'tkazishi mumkin. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi. 18 yoshli forvard 9 fevral kuni kasallikka chalingani xabar qilingan edi.
«Bavariya» bosh murabbiyi Yulian Nagelsmann futbolchining keyingi o'yinda maydonga tushishi haqida o'z fikri bilan o'rtoqlashdi.
«U salbiy testdan o'tdi, ya'ni Musiala ortiq izoliyatsiyada bo'lmaydi. Uning yakshanba kuni maydonga tusha olishi tibbiy ko'rikdan so'ng ma'lum bo'ladi», - dedi Nagelsmann.
Jamol Musiala joriy mavsumda barcha klub turnirlarida 27 ta o'yinda maydonga tushib, 6 ta gol va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
«Bavariya» navbatdagi o'yinini 20 fevral kuni o'z maydonida «Groyter»ga qarshi o'tkazadi.