So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
Qishki olimpiada qizg'in tarzda davom etmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 91
Pekin-2022 qishki Olimpiya o'yinlarining navbatdagi kun dasturida medallar jamlanmasi o'ynalmoqda. Xitoylik fristaylchi Ayling Gu bugun jamoasiga uchinchi medalini taqdim qildi.
Xafpayp dasturida qatnashgan yosh iqtidor egasi bugun ikkinchi oltin medalni rasmiylashtirdi. Avvalroq u boshqa dasturlarda 1 tadan oltin va kumush medallarni qo'lga kiritgan edi. Shuningdek, bugungi dasturda kanadalik sportchilar kuchli uchlikni yopib berishdi.
Fristayl, Freeski halfpipe, ayollar:
1. Ayling Gu (Xitoy)
2. Kassie Sharpe (Kanada)
3. Rashel Karker (Kanada)
Ushbu sport turidagi ski kross dasturida shveytsariyaliklar oltin va kumush medallarga egalik qilishdi. Rossiyalik Sergey Rizdik ROQ hisobiga yana bir bronza medalni keltirdi.
Fristayl, Ski Cross, erkaklar:
1. Rayyan Regez (Shveytsariya)
2. Aleks Fiva (Shveytsariya)
3. Sergey Rizdik (ROQ)
Biatlon bo'yicha ayollar o'rtasidagi mass-start poygasi esa sportchilar uchun haqiqiy sinov bo'ldi. Kuchli shamol ostida harakat qilgan biatlonchi qizlar bahsida merganlik mahorati chempionlik yo'lidagi asosiy omil bo'ldi. Bu borada frantsiyalik Justin Bryuze-Bushe barcha raqibalaridan qobiliyatli ekanini ko'rsatib, chempionlikni rasmiylashtirdi. Kumush va bronza medallari norvegiyalik biatlonchilarga nasib etdi.
Biatlon. Ayollar, mass-start
1. Justin Bryuze-Bushe (Frantsiya)
2. Tiril Ekkxof (Norvegiya)
3. Marte Olsbu Royseland (Norvegiya)