So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
Hududiy futbol assotsiatsiyalarning media va marketing bo'yicha mutaxassislari uchun navbatdagi seminar bo'lib o'tdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 99
Avval xabar berganimizdek, Futbol mutaxassislarini tayyorlash markazida hududlardagi futbol assotsiatsiyalarining media va marketing yo'nalishi mutaxassislari uchun ikki kunlik seminar mashg'ulotlari bo'lib o'tmoqda.
Seminarning ikkinchi kunida O'zbekiston futbol assotsiatsiyasining matbuot va media bo'limi mutaxassislari tomonidan “OAV bilan ishlash va ijtimoiy tarmoqlar” mavzusida darslar tashkil etildi. Unda futbol tadbirlarini yoritib borishda hududiy nashrlar bilan hamkorlik qilish, foto hamda video xabarlar ustida ishlash va ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarni to'g'ri yuritish yuzasidan tushunchalar berildi. Bundan tashqari, futbol o'yinlarini tasvirga tushirish, uni jonli efirga uzatish va You Tube platformasiga joylab borishning qoidalari haqida ma'lumot berildi.
Uchrashuv davomida futbolni ommaviylashtirishda OAV bilan hamkorlik qilish muhim hisoblanishi, to'g'ri, xolis va obektiv xabarlarni etkazib berishda media mutaxassislari yanada faol bo'lishlari lozimligi qayd etildi. Shuningdek, tahliliy materiallar tayyorlash, hududlardagi faxriylar, murabbiylar, futbolchi va hakamlar bilan intervyular sonini ko'paytirish yuzasidan topshiriqlar berildi.
O'z o'rnida, kurs ishtirokchilari ham o'zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar. Seminar yakunida O'FA birinchi vitse-prezidenti Ravshan Ermatov media va marketing mutaxassislariga bugungi kunda qo'yilayotgan talablarga to'xtalib o'tdi. Faol ish olib borayotgan media xodimlarini e'tirof etdi va seminar ishtirokchilariga sertifikatlar topshirdi.
Manba: Telegram.me/FAUzbekistan