UEFA muxlislarni qadrlaydi!
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 105
UEFA tashkiloti o'z tasarrufidagi turnirlar finali uchun jami 30 mingta chiptani klublarga tekin tarqatadi. Bu haqida tashkilot rasmiy saytida ma'lum qilindi.
Avval ham xabar berilganidek, EChL finali uchun har ikkala qatnashchi klub 5 mingtadan (jami 10 mingta) tekin chiptaga ega bo'ladi. Ushbu chiptalar klub muxlislariga etkazib beriladi.
Shuningdek, UEFA ayollar o'rtasidagi EChL uchun jami 6000 mingta bepul chipta ajratadi. Ayni shunday qoida Evropa ligasi finali uchun ham qo'llanmoqda.
Unda tomonlar 4000 mingtadan, jami 8000 mingta chiptaga egalik qilishadi. Qo'shimcha ravishda, UEFA erkaklar o'rtasidagi EChL finallari uchun 2024 yilga qadar chipta narxi 70 evrodan 180 evrogacha bo'lishini belgiladi.
Bularning bari pandemiya davrida muxlislar tomonidan amalga oshirilgan futbolga nisbatan qo'llovga ehtirom ramzidir.
Manba: futaa.com