“Milan” “Real” futbolchisini to'liq sotib olmoqchi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 72
La Gazzetta dello Sport nashri xabariga ko'ra, "Milan" rahbariyati "Real"dan ijaraga olingan yarim himoyachi Braim Diasni sotib olmoqchi.
Klublar o'rtasidagi kelishuv kelasi mavsum oxirigacha amal qiladi, ammo "rossonerilar" 22 million evroga baholangan futbolchining huquqlarini to'liq sotib olishni rejalashtirmoqda.
Ushbu mavsumda Dias milanliklar safida 3 ta gol va shuncha golli uzatmani amalga oshirdi. “Milan” A seriyaning 24-turidan so'ng turnir jadvalida uchinchi o'rinda bormoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!