So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
Komiljon To'xtaevning murabbiyi: «Ertaga eng yaxshi natijamizni ko'rsatishga harakat qilamiz»
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 72
Pekin-2022 qishki Olimpiya o'yinlarida ishtirok etadigan hamyurtimiz Komiljon To'xtaev ertaga ishtirokini boshlaydi. Sportchimiz so'nggi tayyorgarlik jarayonini italiyalik murabbiyi Mattia Jianessi bilan olib bordi. Bu orada biz Jianessining bo'lajak starti oldidan fikrlarini o'rgandik.
– Tayyorgarlik jarayoni qanday bo'ldi, undan ko'nglingiz to'ldimi?
– Bir necha kun davomida Komiljon bilan Olimpiada startiga tayyorlandik. Haqiqatdan ham, trassa juda murakkab. Avvalgi dasturda bir nechta favoritlarning finishga etib kela olmaganiga ham guvoh bo'ldik. Biroq biz oldimizga aniq maqsad qo'yganmiz va unda eng yaxshi natijamizni ko'rsatishga harakat qilamiz.
– Medallar uchun kurash kimlar orasida kechadi deb o'ylaysiz?
– Albatta, evropaliklar bu borada etakchi. Biz ularga keskin raqobat tug'dirishga harakat qilamiz. Komiljondan osiyolik raqiblaridan yuqori natija qayd etishiga ishonaman.
Eslatib o'tamiz, ertaga Komiljon To'xtaev gigant slalom dasturida o'z chiqishini boshlaydi. Hamyurtimizning dastlabki starti Toshkent vaqti bilan 07:15 da boshlanadigan dasturga to'g'ri keladi.