So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
Gazizov RPLdan Fedunni jazolashini so'ramoqda (foto)
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 99
Rossiyaning «Ufa» klubi bosh direktori Shamil Gazizov «Spartak» xo'jayini Leonid Fedun bilan nafaqat sudda "urush" qilmoqda, balki, boshqa yo'llar bilan ham tinim bilmayapti. Rossiya matbuotiga Gazizovning RPL prezidenti Ashot Xachaturyantsni nomiga yozgan rasmiy xati kelib tushdi.
Xatda yozilishicha, Leonid Fedunning so'zlari Gazizovning faoliyatidagi obro'siga putur etkazdi deyilmoqda. "Ufa" bosh direktori RPLdan «Spartak» xo'jayinini ahloq qoidalarini buzgani uchun jazolashini so'ramoqda.
Shamil Gazizovga Leonid Fedunning «Uning o'zi klubda uzoq yillar ishlash o'rniga transferlar orqali tez pul ishlab olishni afzal ko'rdi» - degan gaplari yoqmagan.
Eslatib o'tamiz, Shamil Gazizov «Spartak» klubining bosh direktori bo'lib 2020 yilda taxminan besh oy ishladi.