So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
APL. “Manchester Yunayted” yana ochko yo'qotdi. Bu safar autsayderga qarshi o'yinda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 108

Angliya Premer-ligasining 24-turidan o'rin olgan bahsda “Manchester Yunayted” safarda “Byornli” bilan durang o'ynadi (1:1).
Uchrashuvning 18-daqiqasida “qizil iblislar” yarim himoyachisi Pol Pogba o'yindagi hisobni ochdi va 2021-yil yanvaridan beri APLdagi ilk golini urdi. Biroq 48-daqiqada “Byornli” hujumchisi Jey Rodriges hisobni tenglashtirishga muvaffaq bo'ldi. Uchrashuv yakuniga qadar jamoalar boshqa gol ura olishmadi - 1:1.
“Manchester Yunayted” ayni paytda 39 ochko bilan turnir jadvalida 4-o'rinda, “Byornli” esa 14 ochko bilan 20-o'rinda bormoqda.
“Byornli” — “Manchester Yunayted” – 1:1
Gollar: 0:1 – 18 Pogba, 1:1 – 47 Rodriges.
“Byornli” – Poup, Roberts, Mi, Tarkovski, Piters, Vestvud, Braunxill, Maknil, Rodriges (Barns, 88), Vegorst, Korne (Lennon, 69).
“Manchester Yunayted” – De Xea, Diogu Dalot, Varan, Maguayr, Shou, Pogba, Brunu Fernandesh, Maktomini (Lingard, 80), Kavani (Ronaldu, 68), Reshford (Elanga, 85), Sancho.
Ogohlantirishlar: Maguayr (62), Piters (74), Braunxill (77).