So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
"Nasaf" nazorat o'yinida Rossiya jamoasini mag'lub qildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 76
Bugun "Nasaf" xorijiy yig'in doirasida uchinchi bellashuvda Rossiyaning "Volgar" jamoasiga qarshi maydonga tushdi.
Jamoalar kuchli yomg'ir va shamol bo'lishiga qaramasdan ancha mazmunli o'yin ko'rsatishdi.Birinchi bo'limda raqib o'z jarima maydonchasi ichida Suhrob Nurulloevga nisbatan qo'pollik ishlatdi. Bu vaziyatda Husniddin Aliqulov penaltidan unumli foydalana olmadi. Ikkinchi taymning 57-daqiqasida esa rossiyaliklar Mark Polushinning goli evaziga hisobni ochishdi.
Ikkinchi bo'limda zaxiradan maydonga tushgan futbolchilar vaziyatni o'zgartirishdi. Avan Solovevning zarbasidan so'ng Husayn Norchaev hisobni tenglashtirdi. Bellashuvning so'ngi daqiqalarida Husayn yana bir bor o'zini ko'rsatdi va raqib darvozasiga g'alaba to'pini kiritdi.
Shu tariqa "ajdarlar" Turkiyadagi yig'in doirasidagi dastlabki g'alabani qo'lga kiritdi.
Turkiya, Antaliya
09.02.2022. 17:00
"Nasaf" – "Volgar" 2:1
Gol urilmagan penalti: Husniddin Aliqulov (darvozabon)
Gollar: Husayn Norchaev (2 ta) – Mark Polushin
"Nasaf": Azamat Soyibov, Alibek Davronov, Husniddin Aliqulov, Asliddin Tursunpo'latov, Bahrom Abdurahimov, Murodbek Rahmatov, Suhrob Nurulloev, Sardor Sa'dullaev, Zafarmurod Abdurahmatov, Shahzod Akramov, Aziz Xolmurodov.
Zaxiradan maydonga tushganlar: Abduvohid Ne'matov, Umar Eshmurodov, Ivan Solovev, Sherzod Nasrullaev, Husayn Norchaev, Marko Stanoevich, Oybek Bozorov, Sharof Muhitdinov, Dilshod Saitov.
"Volgar": Dmitriy Saganovich, Maksim Tyulin, Nikita Pechenkin, Elisey Krivoxijin, Aleksey Baev, Viktor Demyanov, Aleksey Pavlishin, Aleksandr Butenko, Mark Polushin, Dmitriy Lesnikov, Artyom Simonyan.
Manba: "Nasaf" klubi matbuot xizmati