So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
«Ular meni reklama qilib, qimmatroqqa sotmoqchi bo'lishdi» yoxud «Spartak» va Jafar Irismetov o'rtasidagi sirli kelishuv
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 115
Jafar Irismetov 2001 yilda «Spartak»ga katta umidlar bilan olib kelingandi. Lekin u Moskva klubidan boshqa hamma jamoada gol urdi.
O'zbekiston terma jamoasi hujumchisi Jasur Jaloliddinov va Moskvaning «Lokomotiv» klubi o'rtasidagi shartnoma esingizdami? Yuriy Belous o'zbekistonlik futbolchini Joau Mariodan kuchliroq ekanini aytib, uni «temiryo'lchilar» tarkibiga safiga olib keldi. Bunday ta'riflarga qanday ishonmaslik mumkin?! «Loko» ham Yuriyning gaplariga ishondi va vinger bilan uzoq muddatli shartnoma imzoladi. Ammo, barchasi kutilgandek yakun tommadi. Olti oydan keyin moskvaliklar Jasur bilan muddatidan oldin shartnomani bekor qildi. Hozirda O'zbekiston terma jamoasi bo'lajak yulduzi Toshkentning «Lokomotiv» jamoasida o'ynamoqda. Ayni paytda Jaloliddinovda mahalliy chempionatda o'zini ko'rsatish va bu orqali Evropa jamoalariga o'tish uchun yaxshi imkoniyat bor.
O'zbek futbolchisi bilan bunday nayranglar avval ham bo'lgan. Aniqrog'i, 2001 yilda aylantirilgan. Yanvar oyida «Spartak» mamlakat chempionatida yaxshi mavsum o'tkazgan hujumchi Jafar Irismetovni Toshkentning «Do'stlik» klubidan sotib oldi. 25 yoshgacha O'zbekiston chempionatida yuzdan ortiq gol urgan futbolchini istalgan klub ham o'z safiga qo'shib olishni istashi tayin. O'sha paytda moskvaliklar safida Luis Robson va qarigan Aleksandr Shirko kabi qariya futbolchilar o'ynardi va bu xarid tom ma'noda ajoyib transfer deya e'tirof etilgan. Ayniqsa, Chempionlar ligasining guruh bosqichi bahslarida bu darajadagi futbolchini sotib olish «spartakchilar» uchun muhim edi. Ammo...
Ammo, bu transfer o'zini oqlamadi. Jafar o'yin uslubi jihatidan ham, ruhiy jihatdan ham «Spartak»ga mos kelmadi.
Forvard O'zbekistonda dahshatli mavsum o'tkazgan. 2000 yilgi O'zbekiston Oliy ligasida 37 o'yinda 45 ta gol urishga erishdi. Tabiiyki, bu haqdagi ma'lumotlar Rossiyaga ham etib bordi. «Spartak»ning ikkinchi murabbiyi Vyacheslav Grozniy «Do'stlik» rahbariyatiga yigitni Rossiya chempionatiga taklif qildi. Irismetovga Rossiya klublari orasida boshqa variantlar ham bor edi, ammo futbolchi afsonaviy klub taklifini rad eta olmadi... Futbolchi mashg'ulotlar uchun jamoa bilan Isroilga uchib ketdi. Hammasi odatdagidek: mashg'ulot, o'rtoqlik uchrashuvlari. Lekin Jafar birinchi o'yindayoq to'rtta gol urishga erishdi. Bu tabiiyki, bosh murabbiyda katta taassurot qoldirdi.
«Mashhulotdan so'ng klub bosh murabbiy Oleg Romantsevning o'zi menga qo'ng'iroq qilib, «Siz kimsiz?», - deya so'radi. «Irismetov, O'zbekistondan», – dedim. Keyin esa «O'zingiz yaxshisiz», deya qo'shimcha qildim. U meni tanigan bo'lsa kerak. Ehtimol, men shunday tanishishga qaror qilgandirman», - deydi Jafar «Shampionat.com» saytiga bergan intervyusida.
«Spartak» bilan shartnomasi bo'lmagan futbolchi keyinchalik ham moskvalikar safida bir qancha gol urdi. Qizig'i shundaki, Kievning «Dinamo» jamoasi ushbu vaziyatdan unumli foydalanishga qaror qildi va «Spartak» futbolchiga taklif qilagan shartnomadan ko'proq kattaroq summa taklif qildi. Ammo «Do'stlik» rahbariyati futbolchini Moskva klubiga sotishga qaror qildi. Nihoyat, «Spartak» futbolchi bilan to'rt yillik shartnoma imzoladi va Oleg Romantsev matbuot anjumanida shunday dedi: «Uning ikkita yo'li bor. O'zbekistonda chempionatining 1-raqamli hujumchisi bo'lish, yoki Chempionlar ligasida ikkinchi, uchinchi, beshinchi, o'ninchi raqamlisi bo'lish. Men unga shunday savol berdim - yo o'z vataningda yiliga 45 ta gol urasan, yoki «Spartak» 10-15 ta. Qaysi birini tanlaysan? U ikkinchisini tanladi», - deya tushuntirdi murabbiy.
Chempionlar ligasida bildirilgan ishonch va rahbariyatning asl maqsadi
Moskva, Chempionlar ligasi, Tsokolnikidagi ijaraga olingan kvartira - ajoyib debyut uchun yana nima kerak? Irismetov bu savolga hali javob topa olmayapti. Hujumchi Romantsevni shunchalik hayratda qoldirgan ediki, Irismetov birinchi rasmiy o'yinda - «Bavariya» bilan kechgan bahsda maydonga tushdi. To'g'ri, Jafar yomon o'ynamagan edi, ammo «Spartak» mag'lub bo'ldi - 0:1. Oradan bir hafta o'tib - nemislar bilan ikkinchi o'yinda o'zbekistonlik yana asosiy tarkibda tushdi. Bu safar vaziyat yanada yomonlashdi. O'zbekistonlik futbolchi o'yin davomida bitta yuz foizlik imkoniyatga ega bo'ldi, lekin vaziyatdan foydalana olmadi. «Spartak» ikkinchi bahsda 0:3 hisobida mag'lub bo'ldi.
Keyingi raqib Londonning «Arsenal» jamoasi bilan o'yin. Romantsev o'jarlik bilan Irismetovni yana asosiy tarkibda tushirdi, ammo navbatdagi mag'lubiyat va golsiz seriya. Londonliklar «Spartak» ustidan 1:0 hisobida g'alaba qozonishdi. Futbolchi keyinchalik kiyim almashtirish xonasidan shunday suhbat bo'lganligini aytdi: «Romantsev tanaffus paytida futbolchilarga: «Nega unga pas bermayapsizlar, nega uni ajratyapsizlar?» deb baqirdi. Men gap nima haqida ekanligini tushunmadim, lekin vaqt o'tishi bilan angladimki: raqobat. Chunki, men bu erda begona edim. O'zbekistondan kelganman va hech kimni tanimasdim».
Irismetov Chempionlar ligasining so'nggi turi doirasidagi «Lion»ga qarshi o'ynaganidan keyin Rossiya chempionatida 8 ta bahsda maydonga tushdi. Yozga kelib, u zahira futbolchisi sifatida ham tushishni to'xtatdi. 12 o'yinda 0 gol.
Jafar bilan shartnoma imzolanganida, o'zbekistonlik hujumchidan bunday natijani kutishmagan edi. Murabbiylar shtabi matbuotga Irismetovda psixologik muammolar borligi, shuning uchun u Rossiyada gol ura olmayapti deya aytishdi. O'ziga yana bir imkon berishini so'rab Romantsev oliga kelgan Irismetov doimiy ravishda texnik direktor Aleksandr Shikunov bilan uchrashishga majbur bo'lardi. Sababi, bosh murabbiy Jafar bilan gaplashishni istamas edi.
Jafar Irismetov
Shikunov meni Chempionlar ligasi uchun sotib olishganini aytishdi. Ular mening o'yinimni Evropada reklama qilishni va qimmatroq sotishni xohlashdi. Rossiya chempionatida ular meni rejaga kiritmagan edi, chunki men «Spartak» tarbiyalanuvchisi emasman. Menga ikkinchi imkoniyat berilmadi.
Yozda «Spartak» hujumchini transferga qo'ydi. Avvaliga u Belarus chempionaida ijarada o'ynadi, keyin esa «Anji»da to'p tepdi.
10 yildan so'ng Irismetov milliy chempionatlarda to'purarlar ro'yxatida to'qqizinchi o'rinni egalladi. 2012 yil boshigachau 428 uchrashuvda 239 ta gol urishga erishgan. Eng ko'p Qozog'iston va O'zbekiston chempionatida o'z nomini tabloga yozib qo'yishni uddalagan. 2013 yilda Jafar futbolchilik karerasini yakunladi va hozirda «Paxtakor» sport direktori lavozimida ishlab kelmoqda.
Jamshtdjon Mahmudov tayyorladi.
Manba: Championat.com