So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
Bundesliga. “Borussiya D” o'z maydonida yirik hisobda imkoniyatni boy berdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 110
Dortmundning “Borussiya” klubi Germaniya Bundesligasining 21-turi doirasidagi o'yinda “Bayer”ga imkoniyatni boy berdi. Dortmunddagi “Signal Iduna Park” stadionida bo'lib o'tgan uchrashuv 5:2 hisobida mehmonlar foydasiga hal bo'ldi.
“Bayer”ning gollariga Florian Virts, Robert Andrich, Jonatan Ta va Mussa Diabi mualliflik qildi. “Borussiya” himoyachisi Manuel Akanji yana bir to'pni o'z darvozasiga urib qo'ydi. Mezbonlar ham bir marta o'z darvozasiga gol urib qo'ygan bo'lsa (Jeremi Frimpong), Steffen Tigges “asalarilar”ning ikkinchi goliga muallfilik qilishdi.
Bundesliga turnir jadvalida Dortmundning “Borussiya”si 43 ochko bilan ikkinchi o'rinda bo'lsa, “Bayer” hisobidagi ochkolar 38 taga etdi va uchinchi o'rinni egalladi.
“Borussiya D” – “Bayer” — 2:5 (1:3, 1:2)
Gollar: 0:1 – 10, avtogol Akanji, 1:1 – 16, avtogol Frimpong, 1:2 – 20 Virtts, 1:3 – 28 Andrix, 1:4 – 53 Ta, 1:5 – 87 Diabi, 2:5 – 89 Tigges.
“Borussiya D” – Kobel, Mene (Volf, 46), Akandji, Zagadu, Gerreyru, Brandt, Daud, Bellingem, Azar (Reyna, 61), Roys (Tigges, 85), Malen (Mukoko, 79).
“Bayer” – Grill, Frimpong (Fosu-Mensa, 88), Ta, Inkapie, Bakker, Demirbay, Andrix, Belarabi (Kossunu, 68), Shik (Alario, 81), Diabi (Adli, 89), Virtts (Arangis, 81).
Ogohlantirishlar: Daud (26), Belarabi (46).