So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
Mourning qaysarligi, antiqahramon Abraxam va “2” baho olgan hujum chizig'i
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 123
“Roma”ning kechagi “Jenoa”ga qarshi o'yini Mourinoning kursisini qattiqroq qimirlatib yuborgan bo'lsa ajabmas. Rimliklar so'nggi paytlarda namoyish etayotgan o'yinda mazmun yo'q, jamoa o'yin davomida juda ko'p zarba beradi, ammo zarbalarning 80-85 foizi noaniq.
Bugungi matchda ko'rganimiz Dzanolo va El-Shaaravilarning egoistligimi yoki Jozedan shunday ko'rsatma bo'lganmi, buyog'i bizga qorong'u. Ma'lum narsa shuki, futbol jamoaviy o'yin va unda ikki yo uch futbolchining zarbalari bilan yutib bo'lmaydi. Agar shunday bo'lsa ham, bu katta ehtimol bilan tasodifiy yoki omad bilan bog'lanadigan gollar bo'ladi. Mour qaysar shaxs. O'z uslubi va printsiplari “o'tmaslashib” kolganini hech qachon tan olmaydi.
Bugungi nursiz durang sabab Rim jamoasi evrokuboklar uchun kurashdagi imkoniyatlarini yomonlashtirib yubordi. "Roma" 9 fevral kuni “Inter" mehmoni bo'ladi. Bu o'yin portugaliyalik mutaxassis uchun haqiqiy imtihon bo'lishiga shubha yo'q.
* * *
Bugun Abraxam o'zini yaxshi tomondan ko'rsata olmadi. Etmagandek jamoadoshining goli u sabab bekor qilindi. VAR orqali goli bekor bo'lgan Dzanolo bunga chiday olmay, “qizil” bilan maydonni tark etishga qaror qildi. Zaxiradan o'yinga qo'shilgan Afena-Gyan ham oddiy vaziyatlarda to'pni yo'qotdi, o'yinni kuchaytira olmadi. El-Shaaravi esa imkon bo'lishi bilan to'pni faqat osmonga tepdi.
Qisqa qilib aytganda, “bo'rilar”ning hujum chizig'i vakillari bugun Mourinoning yuzini erga qaratishdi.
Manba: Telegram.me/Futgolium