So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
Cheferin: "Evropa futboli 2022 yilda ham eng kuchlisi bo'lib qoladi"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 94
UEFA prezidenti Aleksander Cheferin tashkilotning "Evropa klublari futbol manzarasi" nomli yillik hisobotida Evropa futbolining kelajagi haqidagi taxminlari bilan o'rtoqlashdi.
“Oxirgi ikki yildagi saboqlardan biri shundan iboratki, faqat birdamlik va birgalikda ishlash orqali Evropa futboli pandemiya kabi muammolarni engib o'tishi mumkin. Bu saboq ham “Superliga” deb atalmish loyihadan olindi. Evropa futboli – muxlislar, klublar, futbolchilar va milliy assotsiatsiyalar hamjihatligi bilan bir necha adashganlarning o'z manfaatini ko'zlagan harakatlarining oldi olindi.
Ushbu hisobotda pandemiyadan keyingi muammolarning jiddiy tafsilotlari mavjud, biroq u Evropa futbolining yagona yondashuvi bilan ajoyib chidamliligini ko'rsatadi. Oxir oqibat, pandemiya bizni faqat kuchliroq qiladi.
Koronavirus inqirozi futbol qay darajada Evropa hayotining bir qismi ekanligini ham ko'rsatdi. Futbol ko'pchilik uchun haqiqiy hayot yo'liga aylandi. Kelgusi yil uchun dadil taxminlar qilmayman, lekin pandemiya davom etadimi yoki ketadimi, 2022 yilda Evropa futboli kuchli, barqaror va birdam bo'lib qolaveradi”, — deb yozdi Aleksandr Cheferin.