So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
Pekin-2022: hamyurtimiz Olimpiada o'tadigan tog' chang'i trassasi bilan tanishdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 99
Bugun Xitoyning Pekin shahrida XXIV qishki Olimpiya o'yinlari rasman ochiladi. Ammo, ko'pchilikni tashvishga solayotgan jihat, Pekin tog'larida qor yog'mayapti. Biroq texnika olamida ancha ilgarilab ketgan xitoyliklar uchun bu muammo emas. Musobaqalar bo'lib o'tadigan barcha trassalarga etarli miqdorda sun'iy qor tashlangan.
Ushbu olimpiadada ishtirok etadigan yagona vakilimiz Komil To'xtaev kecha Pekin trassalarida dastlabki mashg'ulotini o'tkazdi. Olimpiadada hamyurtimizni startga olib chiqadigan italiyalik murabbiy Mattia Jennesi etib kelguniga qadar sportchimiz mashg'ulotini evropalik do'stlari bilan olib boradi.
“Juda murakkab trassa. Undagi qorning ba'zi qismi muzga aylanib qolgani uchun tezlik yuqori. Bu tezkor tushish dasturidagilar uchun yanada murakkablik tug'diradi. Olimpiada o'yinlarida meni startga olib chiqadigan murabbiyim hali Pekinga etib kelmagan bo'lsa-da, Italiyada men bilan birga shug'ullanadigan klubdagi ko'plab sportchi va murabbiylar shu erda. Mattia etib kelgunga qadar ular bilan shug'ullanib turaman. Hozir bor e'tiborimiz trassaga moslashib olishga qaratiladi”, – deya o'z taassurotlari bilan o'rtoqlashdi Komil To'xtaev.
Eslatib o'tamiz, sportchimiz Pekin-2022 qishki Olimpiya o'yinlari doirasida 13 fevral kuni gigant slalom, 16 fevralda esa slalom dasturiga startga chiqadi.