So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
Komor orollari CAFga murojaat yo'lladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 112
Komor orollari terma jamoasi Afrika kubogi 1/8 finalida Kamerunga qarshi o'yinda (1:2) nominal darvozabonsiz o'ynaganidan o'z noroziligini bildirdi.
Eslatib o'tamiz, o'sha uchrashuvda terma jamoa darvozasini chap qanot himoyachisi Shokir Al-Xadur qo'riqlagandi. Uchrashuvda terma jamoaning nominal darvozabonlaridan birortasi ishtirok eta olmadi. Sabai, Salim Ben Buana jarohat olgan, Moyad Ousseini va Ali Ahamada ushbu bellashuvda kovid qoidalari tufayli o'ynay olmadi. Reglamentga ko'ra, test natijalari musbat ko'rsatgan futbolchilar 5 kun mobaynida izolyatsiyada bo'lishlari kerak.
Biroq, Tunis terma jamoasi hujumchisi Vahbi Xazriyning koronavirus uchun test natijalari musbat chiqqaniga qaramay, izolyatsiyada besh kun qolmasdan rasmiy bellashuvda maydonga tushdi.
Komor orollari futbol federatsiyasi Afrika futbol konfederatsiyasiga (CAF) tegishli xat yubordi. Komorliklar Kamerundan uchralgan mag'lubiyatga e'tiroz bildirmaydi, lekin, hech qanday mamlakat yoki terma jamoani kamsitmasdan, izchil qaror qabul qilish zarurligini bildirdi.
Eslatib o'tamiz, Tunis futbol federatsiyasi rahbari CAF tibbiy qo'mitasi rahbari hisoblanadi.