So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
Bukrini go'r tuzatadi yoxud Benjamin Mendi yana bir zo'ravonlikda ayblanmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 133
“Manchester Siti” himoyachisi Benjamin Mendi navbatdagi zo'rlashga urinishda ayblandi, deb xabar beradi “Goal.com”.
Umuman olganda, futbolchi olti nafar ayol ishtirokidagi to'qqizta jinsiy huquqbuzarlikda ayblanmoqda. Bugun bo'lib o'tgan sud kelasi jarayonida ushbu masala yana qayta ko'rib chiqildi va kelasi sud 2022 yil 25 iyulga belgilandi. Sud jarayoni olti hafta davom etishi mumkin. 11 mart kuni sudgacha bo'lgan navbatdagi sud majlisi bo'lib o'tadi. Eslatib o'tamiz, 7 yanvar kuni Mendi 24 yanvarga qadar garov evaziga qo'yib yuborilgan edi. Frantsiyalik futbolchi 134 kunni hibsda o'tkazdi.
Avgust oyi oxirida “Manchester Siti” Mendini diskvalifikatsiya qilganini e'lon qildi. Himoyachi 2017 yildan buyon “shaharliklar” safida o'ynab kelmoqda va klub bilan uch marta Premer-ligada g'olib chiqqan. Bungacha Benjamin Frantsiyada “Gavre”, “Marsel” va “Monako” klublarida to'p tepgan.