So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
O'zbekiston Milliy Olimpiya qo'mitasi vakillari Pekin shahriga etib borishdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 120
Yana 3 kundan so'ng, aniqrog'i 4 fevral kuni Xitoyning Pekin shahrida XXIV qishki Olimpiya o'yinlari start oladi. Unda butun dunyodan tashrif buyuradigan 91 mamlakat vakillari orasida O'zbekiston delegatsiya ham ishtirok etadi. Bugun O'zbekiston delegatsiyasidan o'rin Milliy Olimpiya qo'mitasi vakillari - Xalqaro aloqalar departamenti bosh mutaxassisi, Tashkiliy qo'mita bilan aloqalarga mas'ul Nozim Atakulov hamda Qo'mitaning OAV va jamoatchilik bilan aloqalar departamenti bosh mutaxassisi, matbuot xizmatiga mas'ul Nurali Yo'ldoshevlar Pekin shahriga etib borishdi. Ishchi guruhi dastlabki tekshiruvlardan muvaffaqiyatli o'tishdi. Asosiysi vakillarimiz sog'-salomat.
Bu yilgi qishki Olimpiadada tog' chang'isi sportida Komiljon To'xtaev yurtimiz sharafini himoya qilishidan xabaringiz bor. Sportchimiz 13 fevral kuni gigant slalom, 16 fevralda esa slalom dasturida o'z chiqishini namoyish etadi. Tabiiyki, ochilish marosimida ham u bayroqdorimiz bo'lib, “Qush uyasi” stadioniga delegatsiyamizni boshlab chiqadi.
Hozirgi kunda Komiljon To'xtaev Italiyada bo'lajak Olimpiya o'yinlariga tayyorgarlik ko'rmoqda. Rejaga ko'ra sportchimiz ertaga, 2 fevral kuni Milan shahridan to'g'ri Pekinga yo'l olishi ko'zda tutilgan. Uning italiyalik murabbiyi Mattia Jianessi esa 9 fevral kuni Xitoyga etib boradi. Sportchimizning Olimpiya o'yinlariga olib borayotgan tayyorgarligi va delegatsiyamizning musobaqadagi ishtiroki davlatimiz tomonidan qo'llab-quvvatlanmoqda.
Rejaga ko'ra, bugun ishchi guruhi Pekindagi Olimpiya shaharchasida qolib, sportchimiz va uning murabbiyning tashrifi uchun tayyorgarlik ko'radi. Ertaga esa hamyurtimiz Komiljon To'xtaev musobaqada ishtirok etadigan Yantsin shahriga borib joylashadi.
Manba: Olympic.uz