So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
Robino qamaladi(mi?)
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 153
Braziliya terma jamoasi, «Real» va «Milan» klublarining sobiq futbolchisi Robinoga nisbatan qamoq jazosi tayinlandi. O Globo xabariga ko'ra, u 9 yilni panjara ortida o'tkazishga mahkum. «SE» ushbu mavzuga doir e'tiborga molik ma'lumotlarni to'pladi.
4 yildan keyingi murojaat
2013 yilning yanvarida, o'sha payt «Milan» sharafini himoya qilayotgan braziliyalik futbolchi, diskotekaga tashrif buyurgan. U erda do'stlari hamrohligida vaqtichog'lik qilish chog'ida albaniyalik 23 yoshli qiz bilan tanishgan. Tergov-surishtiruvlar chog'ida ma'lum bo'lishicha, Robino keyinchalik do'stlari bilan shu qizning nomusiga tegishgan. Jarayonda, braziliyalik yulduzni hisobga olmaganda, besh erkak qatnashgan.
Voqea haqida 2017 yildagina xabarlar tarqaldi - aynan shu payt qiz politsiyaga murojaat etgan. Robino bu davrda vataniga qaytib, «Atletiko Mineyro»da to'p surayotgandi. Futbolchi dastlabki sud ishini nazardan chetda qoldirdi. «Mish-mishlarga to'xtaladigan bo'lsam, bu kabi narsalarda umuman qatnashmaganman», - deb yozdi Robino «Instagram»dagi sahifasida.
Shunga qaramay, ayblovchi tomon futbol yulduzining ishtirokini isbotladi. Misol uchun, Globo Esporte nashri Robinoning do'stlaridan biri bilan yozishmalarini keltirdi. «Ayblovlar kulgimni qistamoqda. Qiz o'shanda haddan tashqari mast edi. U nimalar ro'y bergani haqida tasavvurga ham ega emas», - deb yozgan boshqa bir gumonlanuvchiga.
To'rt yil inkor etilgan ayblov
2017 yilning noyabrida Italiya sudi Robinoni aybdor deb topib, unga nisbatan 9 yil ozodlikdan mahrum etish jazosini qo'lladi. Voqeaning boshqa ishtirokchilariga ham hukm o'qildi. Xususan, braziliyalikning do'sti Rikardo Falkaoga ham. U xuddi Robino singari 9 yillik qamoq jazosi oldi.
Shundan so'ng futbolchining vakillari apellyatsiya berishdi. Ishga yangi faktlar qo'shildi, natijada, muhokama to'rt yildan oshiqroq davom etdi. Robinoning advokatlari jabrlanuvchini shunga majburlashmaganini isbotlashga urinishdi. Braziliyalik esa qiz bilan aloqalari haqidagi faktni tasdiqlab, barchasi o'zaro kelishuv asosida amalga oshganini ta'kidladi.
«U bilan bir necha daqiqalarni birga o'tkazdik, - dedi Robino. - Keyin esa men uyga ketdim. Do'stlarim o'sha erda qolishdi. Keyinroq ular birgalikda klubdan chiqib, boshqa erga yo'l olishgan».
Milan sudining rasmiy bayonotida keltirilishicha, Robino va voqeaning boshqa ishtirokchilari tergovni adashtirishga urinishgan: go'yoki, ular bir xil ko'rsatma berishga kelishib olishgan. Braziliyalik uchun kassatsiya shikoyati qutulib qolish chora edi, ammo u ham Rim sudi tomonidan rad etildi.
Robinoga nima bo'ladi?
U hozir Braziliyada, ushbu mamlakat sudlangan fuqarolarini boshqa davlatlarga topshirmaydi. Demakki, «Real» va «Milan»ning sobiq futbolchisi jazoni o'z yurtida o'taydi. Buning uchun Milan sudi ish bo'yicha barcha materiallarni Braziliyaga topshirishi kerak. Ish uzoq davom etadi, vaziyat murakkab, shu bois, Robino yana ma'lum muddat ozodlikda qoladi. Faqatgina Braziliya tomonining rasmiy xulosasidan keyingina sud qarori kuchga kiradi.
Robino uchun bu jazodan qutulib qolish uchun so'nggi imkoniyatdir. Biroq qadrdon yurtida sobiq futbolchiga 2019 yildan buyon Braziliya ayollar, oila va inson huquqlari bo'yicha vazir lavozimida ishlayotgan Damares Alves qarshi chiqmoqda. «U qamoqda o'tirishi kerak, - dedi Alves. - Nomusga teguvchilar ozodlikda yurishlari mumkinmas».
Robino bu kabi jinoyat bilan ilk marta ayblanayotgani yo'q. 2009 yili, braziliyalik «Manchester Siti»da o'ynagan kezlari ham, nomusga tegishda ayblangan. Keyinroq oqlanib, ozodlikka chiqqan.
R.IBROHIMOV tayyorladi
Manba: interfutbol.uz