So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
Ana xolos! Vlaxovich jinoiy javobgarlikka tortilishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 371
Turinning "Yuventus" klubi yangi hujumchisi Dushan Vlaxovich Toskanada koronavirus qoidalarini buzganlikda gumon qilinmoqda.
Mahalliy sog'liqni saqlash boshqarmasi vakillarining fikricha, serbiyalik futbolchi 22 yanvar kuni koronavirus uchun topshirgan testi musbat natija ko'rsatgan. Qoidaga ko'ra, "Fiorentina"ning sobiq futbolchisi 29 yanvar kunigacha karantinda bo'lishi kerak edi, lekin u 28 yanvar kuni "Yuventus" bilan shartnoma imzolgani ketib qoldi.
Shu sababli, Toskana sog'liqni saqlash xizmati bu masala yuzasidan prokuraturaga hisobot yuboradi.
Qoidalar aniq: uch marta vaktsina olgan insonning manfiy va musbat test oralig'ida 7 kun o'tishi kerak.
Agar u karantin shartlarini buzgan bo'lsa, u holda bu jinoiy javobgarlikka olib kelishi mumkin bo'lgan qoidalarni buzish sanaladi, – dedi Toksana sog'liqni saqlab departamenti direktori Jordjo Garofalo.