"Nyukasl" "Arsenal" futbolchisi bilan muzokaralarni boshladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 82
"Nyukasl" "Arsenal" bilan hujumchi Eddi Nketianing transferi bo'yicha muzokaralar olib bormoqda, deya xabar beradi "90min".
Oldinroq klub bilan shartnomasi yakunlanayotgan 22 yoshli futbolchiga "Vest Xem" va "Kristal Pelas" ham qiziqish bildirayotgani haqida xabar berilgandi. Futbolchining "Arsenal" bilan amaldagi kelishuvi 2022 yilning 30 iyuniga qadar tuzilgan.
2021/22 yilgi mavsumda Nketia barcha musobaqalarda 11 ta o'yinda maydonga tushdi va 5 ta gol urdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!