«Barselona» yangi keladigan futbolchilarning maoshlariga cheklov belgilaydi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 119
Kataloniyaning "Barselona" klubi prezidenti Joan Laporta 30 iyundan keyin jamoaga kelib qo'shiladigan futbolchilarning daromadlariga cheklov qo'yishga qaror qildi.
Daromadning chegarasi yiliga 10 million evrodan oshmagan holda belgilanadi. "Barselona"ga kelmoqchi bo'lgan har bir futbolchi shu shartga rozi bo'lishi kerak.
Yulduz futbolchilarni bonuslar yordamida jalb qilish mumkin bo'ladi, chunki ular bonus orqali maoshlarga belgilangan cheklovlarga duch kelmaydi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!