So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
Fati o'ylab olish uchun vaqt so'radi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 157
Kataloniyaning «Barselona» klubi futbolchisi Anssumane Fati Ispaniya Kubogining 1/8 final doirasida «Atletik» (2:3) jamoasiga qarshi o'yinda olgan jarohatini operatsiya qilish haqida hamon o'ylamoqda.
Futbolchi bilan uchrashuvda klub tibbiy xodimlari Fatiga operatsiya qilishni tavsiya qilishgan. Lekin, Fati o'ylab olish uchun biroz vaqt so'radi. Fati oldingi mavsumda meniskus jarohati tufayli, bu safargi operatsiyaga ham ikkilanib turibdi. O'shanda futbolchiga to'rt oydan keyin maydonga qaytishini aytishgandi, lekin Ansuning tiklanish jarayoni uchun salkam bir yil vaqt ketgandi.
Avvalroq, futbolchi operatsiyaga qarshi bo'layotgani, klub esa tezroq Fati jarrohlik amaliyotini o'tashi tarafdori ekanligi haqida xabar tarqalgandi. Agar operatsiya qilinadigan bo'lsa, Fati kamida 3-4 oy maydonga tusha olmaydi. Lekin, agar Fati konservativ davolanadigan bo'lsa, u holda ikki oydan keyin maydonga qaytishi mumkin, biroq, bu jarayonda futbolchining jarohati qaytalanib qolish ehtimoli yuqori.
Futbolchi yaqin soatlar ichida so'nggi qarorini aytadigan bo'ldi.