Yilning ilk yirik turnirida ishtirok etuvchi dzyudochilarimiz tarkibi ma'lum
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 63
28-30 yanvar kunlari Portugaliyaning Almada shahrida dzyudo bo'yicha yilning ilk yirik turniri – Gran-Pri musobaqasi bo'lib o'tadi. Unda terma jamoamiz vakillari ham g'oliblik uchun bahs olib borishadi.
Xalqaro dzyudo federatsiyasi rasmiy saytida ma'lum qilinishicha, musobaqada 14 nafar sportchimiz g'oliblik uchun tatamiga chiqadi. Jamoamiz tarkibi esa quyidagicha:
-60 kg: Bahrom Boturov
-60 kg: Mirzohid Mahamadjonov
-66 kg: Muhriddin Tilovov
-73 kg: Murodjon Yo'ldoshev
-81 kg: Ramazon Allaberdiev
-90 kg: Doston Meyliev
-100 kg: Aqlmurodbek Xudoyberdiev
+100 kg: Bekmurod Oltiboev
-48 kg: Halimajon Qurbonova
-48 kg: Gulnur Muratbaeva
-52 kg: Sita Qadamboeva
-57 kg: Shukurjon Aminova
-70 kg: Shohista Nazarova
-78 kg: Irisxon Qurbonova
O'zbekiston dzyudo federatsiyasi hakamlar hay'ati raisi Bahodir Uzoqbergenov tomonidan musobaqada ishtirok etuvchi sportchilarimiz uchun yangi qoidalar bo'yicha tushuntirish olib borildi. Eslatib o'tamiz, Almada Gran-Prisidan ushbu sport turida yangi qoidalar tatbiq qilinadi.
Manba: Olympic.uz